View in Telegram
Shakardan shirin, foydali va shifobaxsh o‘simlik — steviya 🌱 Insoniyatga XV asrdan buyon ma’lum bo‘lgan, dunyo bozorida xaridorgir mahsulot hisoblangan svetiya o‘simligi 1986-yildan buyon yurtimizda ham yetishtirib kelinadi. 🔘Bu o‘simlik shakarga nisbatan 150 barobar shirinligi bilan ajralib turadi. O‘simlikni qayta ishlashdan olinadigan rebadiozid moddasi bilan esa 300 barobargacha shirin hisoblanadi. 🔘Shakarning o‘rnida iste’mol qilish uchun muqobil tanlov bo‘lgan ushbu mahsulot: – immunitetni oshirish; – qandli diabetni davolash; – miya qobig‘ini tetiklashtirish; – moddalar almashinuvini yaxshilash; – me’da-ichak yo‘llari faoliyatini ham yaxshilash; – shakardan farqli ravishda tanadagi ortiqcha yog‘larni parchalash kabi bir qator foydali xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 🔘Qolaversa, o‘simlik barglari va yosh poyasidan tayyorlangan damlama hamda spirtdagi eritmasi bosh og‘rig‘i, gripp, O‘RVI, shuningdek xotin-qizlarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi. 🌲 Ko‘rinishidan yalpizni eslatib yuboradigan ushbu o‘simlikni nafaqat dala, balki uy sharoitida ham yetishtirish mumkin. 📱WWW    📱Facebook 📱Instagram   📱Telegram    📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily