#Urug‘lik_bug‘doy_parvarishi
🌾 Bug‘doy eng ko‘p tarqalgan asosiy donli ekinlardan biri hisoblanadi. Butun dunyo xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i oziq-ovqat sifatida bug‘doy unidan foydalanadi. Bug‘doy turlarining orasida eng ko‘p tarqalgan turlari – yumshoq bug‘doy – Triticum aestivum L. va qattiq bug‘doy – Triticum durum L. O‘zbekistonda ko‘proq yumshoq bug‘doy tur hiliga mansub navlari ekiladi.🟢Bugungi kunda Markaz tizimidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari urug‘lik uchun ekilgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Parvarish qilinayotgan urug‘lik bug‘doylar to‘liq tuplagan bo‘lib, har gektar maydonga
100 kg dan fizik holda azotli o‘g‘itlar berilib, mahalliy o‘g‘itlar bilan birga sharbat usilida sug‘orilmoqda.
🟢 G‘allaning tuplashi – bu poyaning yer osti qismidan yo‘g‘onlashgan bo‘g‘inidan ikkilamchi poyaning hosil bo‘lishidir.
🟢 Asosiy poyadagi yuqori bo‘g‘in tuproqdan
1-3 sm da joylashib, ulardan ikkilamchi poyalar tarqaladi, ana shu tuplanish bo‘g‘ini deyiladi. Tuplash bo‘g‘ini o‘simlikning muhim organi bo‘lib, tuplash bo‘g‘inining shikastlanishi o‘simlikning halok bo‘lishiga olib keladi. Bahorgi mavsum uchun begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar, kasalliklarga qarshi fungisidlar va hashoratlarga qarshi kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilmoqda. Kuzgi bug‘doy parvarishida xandaklar qazish, mineral o‘g‘itlarni dalaga olib chiqish, kompost tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔍 WWW 📝Facebook 💻Instagram 📝Telegram 🎞Youtube