Смотреть в Telegram
TUG‘ILGAN KUN ( o‘zimga ) Bir-biriga bermayin ozor, Qo‘l ushlashib yog‘ayotir qor, Tevarakda bir mayin viqor, Chunki bugun men tug‘ilgan kun. Samolarga uzanadi yo‘l, Tole - boshim silagan bir qo‘l, Hayot, mening yuragimga to‘l, Chunki bugun men tug‘ilgan kun. Sevdim qishni, achchiq ayozni, Bo‘ron chalgan izg‘irin sozni, Nafasimda isitdim rozni - Chunki bugun men tug‘ilgan kun. Qorxat o‘ynab chopishadi vaqt, Oyog‘imga yopishadi vaqt, Umrim bilan topishadi vaqt, Chunki bugun men tug‘ilgan kun. Qor kayfida aylanadi bosh, Ko‘zlarimga sizib kelar yosh, Qo‘llarimga qo‘ndi ellik yosh, Chunki bugun men tug‘ilgan kun. MUHABBAT MANGU
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств