❕Yana stipendiya mojarosi
2025-yil 1-yanvardan Oliy ta'lim muassasalarida barcha turdagi stipendiya to'lovlari
Hemis dasturi va
Billing dasturi orqali amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.
Yanvar oyining 11 kuni o'tib ketgan bo'lishiga qaramay birorta davlat OTMlarida hanuzgacha stipendiyalar va boshqa turdagi to'lovlar
tushirib berilmayapti. OTM hisobxonasiga murojaat qilgan talabalarning aytishicha, "
oliygoh bilan bog'liq jarayonlar yakunlagan, vazirlik tomonidan pul tushirib berilmayotgani uchun kechikish bo'lmoqda" mazmunida javob olingan.
Aslida to'lovlar har oyning 5-sanasigacha tushirib berilishi shart. Amalda esa qachon tushirib berilishi haqida hech kim aniq ma'lumot bermaydi.
✅ @talabauz