Смотреть в Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasiga qurbonlarning (16 yoshga to‘lgan shaxslar) aniq yoshini koʻrsatgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha ishlar olib borilayotgani ma'lum qilindi. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimcha qonunbuzarlarning harakatini ma'muriy huquqbuzarlik emas, balki jinoiy huquqbuzarlik sifatida kvalifikatsiya qilishga yo‘l qo‘yadi. “Nemolchi.uz” loyihasi tomonidan voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlar sodir etgan shaxslarning qilmishlari shaxvoniy shilqimlik (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yengil jazo bilan ta’minlangan moddasi) deb tasniflansa, o‘z qilmishlari uchun adolatli jazodan qutulib qolishlari mumkinligi masalasi bir necha bor ko‘tarilgan. 9-yanvar kuni ushbu muammo bilan sahifamiz orqali yana bir bor Bosh prokuraturaga murojaat qildik, ammo murojaatimizga javob olmadik. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bizni eshitganidan xursandmiz. Voyaga etmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun o‘zgarishlarni kutamiz. #SukutSaqlama #Qonunlar
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств