Смотреть в Telegram
#Fikr Bugun ayollar (onalar) tomonidan agressiya va erkaklar tomonidan agressiya mavzusida fikrlashamiz. Bularni taqqoslaymiz. Misol uchun, bolasidan alamini oladigan ayollar doim qoralanadi. Hatto, bolalarni undan olib qo‘yib, o‘zini haydavorish, onalik huquqidan mahrum qilish borasida maslahatlar ham beriladi. Lekin erkak shu ishni sodir etayotgan bo‘lganda-chi? Ayolning o‘zini emas, (kimning eri urmaydi, chida!) ota bolalariga qo‘l ko‘targanda - bolalarni olib, qoch, deydigan qatlam hali tuzuk-quruq shakllanib ulgurmagan, haliyam «ota bo‘lgandan keyin uradi-da, bolani to‘g‘ri yo‘lga solish kerak-ku, yomon bo‘lsin, deb urmaydi-ku!» - deb o‘ylaydigan odamlar ichida yashayapmiz. Odamlarning ishonchi bo‘yicha, jahlda, alamda, birov asabini egovlaganda jahlini sochib, zo‘ravonlik qilish huquqiga faqat erkaklargina ega. Ayolda, ayniqsa, uy ishlariga ko‘milib ketgan, hech kimdan qo‘llov, hurmat ko‘rmaydigan, hammaning xizmatida bo‘ladigan onada «bunday huquq bo‘lishi mumkin emas». To‘g‘ri, bolaga nisbatan ona tomonidan zo‘ravonlik qilinishi noto‘g‘ri, mutlaqo noto‘g‘ri! Shunday bo‘lmasligi uchun onaning ruhiy, jismoniy, emotsional ahvoli normada bo‘lishi kerak. Buni ta’minlashga yordam beradigan, harakat qiladigan odam yo‘q. Nega ikki jinsning ruhiy holat aksi o‘laroq javob munosabati uchun mezonlar turlicha, ikkiyoqlama? Nega erkaklar zo‘ravonlik qilishini normal qabul qilinadi, ularni tushunishga harakat qilishadi, shunga olib kelgan sabablar o‘rganishga tushiladi-yu, ayollar tomonidan qilingan zo‘ravonlik, hatto, oddiy agressiya ham darrov qoralanadi? Nega ayolni tushunishga urinilmaydi? Nega jamiyat erkaklarning agressiyasini oqlashga moyil, lekin ayollarning agressiyasiga nisbatan mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘ladi? Nega bunday? ▶️Tarix qoliplari: Asrlar davomida erkaklarga kuch va tajovuz qilish huquqi, ayollarga esa g‘amxo‘rlik va sabr-toqat qilish majburiyati beriladigan qat’iy gender rollari mavjud bo‘lgan. ▶️ Ijtimoiy kutuvlar: Ayollardan shartli ravishda qabul qilish va kechirish kutiladi, erkaklar esa o‘z hissiyotlarini, hatto agressiv hissiyotlarini bildirishda ko‘proq erkinlikka ega. Holbuki, ayollarni hissiyotga beriluvchanlikdayam ayblashadi, aslida, buning teskarisi. ▶️ Ayollar kuchidan, birdamligidan qo‘rqish: Jamiyat ayollar kuchi va mustaqilligidan qo‘rqadi va shuning uchun uni bosishga intiladi. ▶️ Muammoni tan olmaslik: Ko‘pchilik odamlarga ayollar zo‘ravonligi muammosi mavjud ekanligi va uni hal qilish kerakligini tan olishdan ko‘ra, bu muammoni ko‘rmaslik osonroq tuyuladi. Davomi kartochkalarda © Jayra #SukutSaqlama
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств