2024-yil oxirida Rossiya qo‘shini yangi yurishlarini davom ettirdi. 31-dekabrda RF qurolli kuchlari Kuraxovodagi ukrain garnizonining so‘nggi bazasini egallab, ukrain bo‘linmalarini o‘rab olishga harakat qilmoqda. Pokrovskdan janubda Rossiya armiyasi Solenaya daryosini kechib o‘tib, Ukraina mudofaasidagi zaif joydan oldinga siljidi.
Pokrovskdan sharqdagi rus kuchlari ham shaharni shimoldan aylanib o‘tishga kirishgan. Donetskdan shimoldagi Toretsk aglomeratsiyasi ham deyarli to‘liq egallangan. Ammo boshqa yo‘nalishlarda oldinga siljish qiyinlashmoqda. Kursk oblastidagi janglar esa kulminatsiyaga yaqinlashmoqda, har ikki tomon katta yo‘qotishlarga uchrayapti.
Rossiya qo‘shini ukrainlarning qarshi hujumlariga qaramay, mudofaadagi muhim punktlarga yaqinlashgan, lekin hal qiluvchi zarbani bera olmagan.