Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida sportning voleybol turi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi "Universiada – 2024" sport musobaqalari respublika final bosqichida ishtirok etish uchun Samarqand viloyati terma jamoasi Buxoro shahriga jo’nab ketdi.
Viloyat terma jamoasi tarkibida Samarqand davlat chet tillar institutining uch nafar talabasi ham bo’lib, sportchilarning barchasi maxsus sport kiyimlari bilan ta’minlandi. Musobaqa oldidan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov sportchilar bilan uchrashib, ularga omad yor bo’lishini bildirdi.
Bruney Tashqi ishlar vazirligi Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar uchun bakalavr va magistrlik o‘quv dasturlariga grantlar ajratilgani to‘g‘risida ma’lumot e'lon qilindi!
#Zakovat O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi kichik serjantlarni tayyorlash markazi va O’zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va harbiy xizmatchilar o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinida Samarqand davlat chet tillar institutining “Tarjimon” jamoasi faxrli 3-o’rinni egalladi.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat chet tillari instituti talabalari tomonidan tayyorlangan tabrik
Samarqand davlat chet tillar instituti Kechki ta’lim fakultetida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Kuraxmedov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimiz osoyishtaligi hamda yosh avlod istiqboli yo‘lidagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi. Barchani muhim sana munosabati bilan qutladi.
Vatanni, tinchlikni, do‘stlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Samarqand shahridagi “Temuriylar izdoshi” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchilarining harbiylarga xos chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.