Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tomonidan institutda ishlashi uchun tavsiya etilgan Bursa Uludag‘ universitetining ta’lim fakulteti, turk tili va ijtimoiy fanlar bo‘limi dotsenti O‘zan Ipek janoblarini qabul qildi.
O‘zan Ipek institutning “Yaqin sharq tillari” kafedrasida 2025-yil 1-yanvar kunidan 2026-yilning 1-yanvar kuniga qadar faoliyat olib borib, talabalarga turk tilidan saboq beradi.
Uchrashuvda institut rektori turk qardoshlar bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etdi va turkiyalik o‘qituvchining Samarqanddagi faoliyatiga muvoffaqiyat tiladi.
2024/2025-o‘quv yilining kuzgi semestri yakuniy nazorat imtihonlarining shaffof va adolatli o’tishini ta’minlash maqsadida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i v.v.b. F.Abduraxmonov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi boshlig’i L.Matyaqubova hamda fakultetlar mas'ullari tomonidan jarayonlar nazorat qilinmoqda.