Смотреть в Telegram
Go‘zal narsaning ortida hamisha biron-bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to‘lg‘oq dardini boshdan kechirmoqlari zarur? "Dorian Greyning Portreti" Oskar Uayld Botin va zohir, tana va qalb, ichki dunyo va tashqi ko‘rinish, yashash va kun ko‘rish, borlik va yo‘qliq, o‘lim va hayot har doim bir-birini taqozo qilib keladigan tushunchalar, ularning biri hamisha ikkinchisini ham talab qiladi. Odam istamasada qalbidagi yozuzliklar va yomonliklar uning yuzida ham aks etishni boshlaydi. Hech e‘tibor berib ko‘rganmisiz: ba‘zi odamlar unchalik chiroyli bo'lishmasa ham nihoyatda istarali bo‘lishadi. Ularga bir qaraganingzdayoq judayam tanish, xuddi avval ham gaplashgan insoningizni ko‘rgandek bo‘lasiz. Ba‘zilar esa mukammal ko'rinishga ega bo‘lsa ham sovuqdan-sovuq tuyuladi. Ularda dilni xira qilib yuboradigan nimadir borga o‘xshaydi. Yoki: – Mana shu odamning basharasi hech yoqmayapti, deb aytgansiz, hech bo‘lmaganda eshitgandirsiz? Kitobda yozilganidek: "Bizning har qaysimiz o‘z jismimizda ham do‘zax, ham samoni olib yuramiz". Dorian Grey – nihoyatda go‘zal, hech qanday kamchiligi bo‘lmagan, yuzida nur balqib turadigan kishi edi. U bilan gaplashib yoqtirmagan, mahiliyo bo‘lmagan odam topilmaydi. Chiroyli bo‘lish bilan bir qatorda, samimiy va toza qalbga ham ega bo‘ladi. Shunday ajoyib kunlarning birida Doringa nihoyatda mahliyo bo‘lib qolgan, shu sabab ijodi yana bir pog‘ona yukksakka chiqqan rassom Bezil uning suratini ishlashga qaror qiladi. Buni nihoyatda zo‘r muvaffaqiyat bilan yakunlaydi ham. Lekin bilib va bilmasdan qilingan niyat natijasida Dorian Grey hayoti butunlay o‘zgarib ketadi. Bunda Lord Genrining ta‘siri va kuchi alohida e'tiborga molik. Genri – kitobdagi asosiy personajlardan biri bo‘lib, butun voqealarni takabburona mushohadalari bilan bezab turadi. U hayotdan maqsadni faqat lazzatlanish deb bilar, hech kimga va hech bir aqidaga jiddiy qaramasdi. Jamiyatdagi va dindagi axloqiy me‘yorlani tan olmasdi. Atrofidagilarning aytishicha shaytonga ham dars berib qo'yadigan bu kishi hayotda odamlar javob topolmagan ikki narsadan bir – o‘lim, deb biladi. Kishi har qanday narsaga chap berishi, uni aldab ketishi mumkin, ammo o‘limdan qochib qutulolmaydi. Lord Genri boshqalarga ta‘sir o‘tkazishni, ularni boshqarishni judayam yaxshi ko‘rardi. Dorianni ilk ko‘rgan vaqtidayoq uni hech kim aytmagan gaplar bilan qiziqtirar, o‘z ta‘sir doirasiga olar, hatto bundan rohat va lazzat tuyardi. Tolstoyning shunday gapi bor: "Qalbimizni kavlashtirganimizda, ba‘zan shunday narsalarni kavlashtirib chiqaramizki, undan narsalar o‘sha yerida ko‘rinmay yotgani yaxshiroq bo'ladi." Biz qarishimizdagi odamning nimalar qilganini, aslida nimalarga qodirligini, ko‘nglidagi ezgu va yovuz niyatlarini bila olmaymiz. Qalb esa, har doim, toki ochilmagunicha ba‘zan bir umr barcha sirlar ko‘milgan joyligicha yotadi. Uning chiroyotganini, chirkinliklar bilan to‘layotganini faqat o‘zimiz payqab, sezib turamiz. Agar Dorianniki kabi rasm chizilsa-yu, barcha qabihliklarimiz unda aks etishni boshlasa, qanday hol yuz berishi mumkin? Bir tasavvur qila olasizmi? Albatta yo‘q. Balki qilgan taqdiringizda ham uni bizga ko‘rsatolmasdingiz. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств