Смотреть в Telegram
"Ba‘zan nimanidir bilmaslik inson uchun eng katta baxt bo‘lishi mumkin." Madlen Miller "Kirka" Insonlar yer yuzida million yillardan beri yashab kelyapti. Ibtidoiy jamoa davridan beri to bugungi kunga qadar qanchadan-qancha o‘zgarishlar, rivojlanishlar, taraqqiyot, kashfiyotlar, svilizatsiyalar bo‘ldi. Ammo odamlar hali-hanuz bir xil va ular his qiladigan tuyg‘ular, duch keladigan muammolari deyarli o'zgarmagan. Adabiyotdagi mavjud mavzular, syujetlarning asosiy qismi ham barmoq bilan sanashga yetadi. Ammo ular orqali yaratilgan asarlar soni bir inson umri davomida o‘qishga yetmaydigan darajada ko‘p. Antik davr dostonlari, miflari, dramalari xoh u Sofokl bo‘lsin, xoh Homer, yozuvchilar va san‘an kishilarining ilhomlanib keladigan manbayidir. Men haligacha unutmagan Kunning Prometeyi va Esxil yozgan tragediya bir xil voqeaning turli dunyoqarash orqali qilingan hikoyasi hisoblanadi. Madlen Miller Kirka obrazi orqali qadimgi Yunon xudolari va ular atrofida kechgan narsalarga yangicha talqin beradi. Ayollarning doimgi ahvoli, ularning oilada tutgan o‘rni, boshqalarning ularga munosabatini ochishga harakat qiladi. Hammasi bizdan juda olisda: mabudlar, nimfalar, har xil xudolar bilan sodir bo'lsa-da hech biri bizdan uzoqda emas. Kitobni o‘qib o‘zingizni, yaqiningizni, hech bo‘lmasa jamiyatimizdagi qaysidir ahvolni ko‘rasiz. " – Aytchi seningcha holi xarob bandalar ko‘proq qurbonlik keltiradimi yoki xushbaxt foniylar? – Xushbaxtlari albatta. – Xato. Xushbaxtlar doim o‘z tashvishlari bilan andarmon bo'ladi. Hech kimdan hech qanday qarzim yo‘q deb, o‘ylaydi ular. Lekin uni bir sovuqda qaqshat, xotinini o‘ldir, bolasini majruh qil, ana o‘shanda duolarini eshitaverasan. Sharafingga oppoq buzoqcha olish uchun bor yo‘g‘ini sotishga tayyor bo‘ladi undaylar. Puli yetsa, buzoq ham gapmi, podasigacha haydab keladi." Tarjima haqida alohida post yozaman degandim. Kitobni rangli ruchkalarda chizmasam ham, ayrim so'zlarni qora qalamda belgilab chiqudim. Lekin kitoblarim ko‘payib, xonamga sig'may boshlagach, o‘qiganlarimni uyga berib yuborishga majbur bo‘ldim. "Kirka" ham boshqalar qatori ketib qoldi. Shu sabab alohida misollar keltira olmas ekanman. Lekin shuni ayta olaman: Mirzohid Muzaffar tarjimalarida hozir keng ishlatilmaydigan, iste'molda umuman yo‘q, lekin sof turkiy so'zlarni topish mumkin. Jumlalar odatda yaxshi va o‘qilishli tuziladi. Ba‘zan jimjimador tuyulsa ham tarjima ustida qattiq ishlangani sezilib turadi. Asarni tushunish uchun qadimgi dostonlar yoki mifologiyadan xabardor bo‘lishingiz shart emas. Kitobxonlikka yaqinda qadam qo‘ygan o‘quvchilarga ham tavsiya qila olaman. Kitob dizayni va sifati judayam yaxshi. Albatta o‘qib chiqing. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств