Смотреть в Telegram
​​​​... Atrofimizda biron zot yo‘q. Biz hayotmizmi o‘zi? Makonimiz bormi? Mavjudmizmi bu yorug‘ olamda? Kun va tun oralig'ida vaqt bizga tegishli emas. Chunki biz bu zamonning odamlari emasmiz. Egalik qila olganimiz kompyuter ekrani xolos. "Shimol shamoli shashti" Daniel Glattauer Bu kitob kecha ish payti tasodifan qo‘limga tushib qoldi. Kitob do'konlarda ko‘rib varoqlab ham ko‘rmagandim, ammo boshlashim bilan o‘ziga shu qadar jalb qila oldi-ki, tonggacha o‘qib chiqdim. Tugagachgina uxladim. Ancha vaqtdan beri biron kitob o‘ziga bunchalik torta olmagandi. Balki bu asar aynan bugungi dunyo odamlarining ahvolini ko‘rsata olgani uchun shunaqa bo‘lgandir. Syujet ikki kishining kompyuter orqali bir-biriga yo'llagan emaillaridan iborat. Boshqa hech narsa topolmaysiz. Bir kundan keyin, bir soat so‘ngra, yigirma daqiqa o‘tib yangi xabarlar kelaveradi. Lekin ular shunchalik samimiy yozilganki, ishqiy maktub, yoki eng yaqin sirdosh sirlaridan voqif bo‘layotga o'xshaysiz. Mutolaa suvdek ketadi, to‘xtalish va zerikishlarga umuman duch kelmaysiz. Ayni paytda odamlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligi borgan sari ortib boryapti. Telefonsiz biron kun ham yasholmaydigan ahvolga kelib qoldik. Telegramdan yoki instagaramdan kelayotgan xabarlar biz uchun juda ham muhim. Balki bu real hayotdan ajratib, illiyuziyaga berilishimizga olib kelar. Men ham jonli hayot afzalliklari haqida ko‘p yozaman, realda yashashga intilaman. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Nega bu qadar onlayndagi hayotga sho‘ng‘ib ketayapmiz deb o‘ylaysiz? Chunki ko‘pchilik o‘ziga o‘xshash insonlarni tarmoqlarda uchratadi. Boricha yozganlarini boshqalarga ulashadi yoki boshqa inson dardlariga hamdardlik qiladi. Xohlagan atmosferasini yarata oladi, istagan kishilari bilan axborot almashadi. Masalan, hozir atrofimda nechta qalbdosh insonlarim bo‘lsa ko'pchiligini ijtimoiy tarmoqlar orqali taniganman. Aksariyat kitobxonlarni bookbloglar komentaritariyalarida uchratganman. Shu kanal ko‘p bor kvartiraga sherik kerak bo‘lganda odam topib bergan. Yoki, bir yomon ko‘rgan tanishimni aslida juda boshqacha insonligini ham tarmoqlar orqali kashf qilganman. Tan oling kitobxonlar uchun feysbuk bilan telegram eng qulay joyga aylanib ulgurgan. Hatto yozishmalarda ishlatiladigan slanglarimiz ham mavjud. Demoqchi bo‘lganim, endi bularni orqaga qaytarish, ijtimoiy tarmoq, internetsiz yashashning iloji yo‘q. Shunchaki keraklicha foydalanish, ba‘zida ilojsiz bo‘lsa ham me'yorida vaqt ajratishni bilish kerak. Shunda hammasi joyida bo‘ladi. Sevgi esa, bir narsa deyolmayman. Bu shunaqa jumboq masala-ki, insoniyat million yillik tarixida bunga javob topolgani yo‘q. Ayol yuragi va sevgisi o‘zini va atrofdagilarni baxtga ko‘mishi yoki do‘zaxga uloqtirishi mumkin. Kitobni o‘qib chiqing. Shirin ovqat ta'rifini eshitavergandan, yeb ko‘rgan afzalroq. Yoqimli hordiqlar hammaga. Qaynoq quyosh eritib yubormasligini tilayman. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств