Смотреть в Telegram
​​Ulkan shahar makrning koni. Undagi qudratli kuchlar zo‘r odob sohibalarini ham hiylalar ila o‘ziga tortadi, chorlaydi. Minglarcha chiroqlarning porlab turishi sevilgan ko‘zlarning go‘zal boqishidan kam ta‘sir qilmaydi, beg‘ubor va sodda qalbning ma'naviy tanazzuliga, avvalo, insonni lol qilgan ta'sirlar sabab bo‘ladi. "Baxtiqaro Kerri" Teodor Drayzer Adabiyotda yo‘ldan ozgan, majburlikdan yomon yo‘llarga yurib ketgan, hayot charxpalagida qolib, qanday ahvolga tushganini anglolmagan ayollar qismati yoritilgan ko‘plab asarlar mavjud. Bular: "Tirilish", "Jamila", "Rimlik ayol", "Bovari xonim", "Anna Karenina", "Oq bino oqshomlari", "Taxmina" va hokazolardir. "Baxtiqaro Kerri" esa ular bilan bir qatorda bo‘lgan va ulardan ham ajralib turadigan kitoblardan biri deb bemalol ayta olaman. Insondagi nozik kechinmalar, yosh qiz qalbidagi sezgilar, hayotga tashnalik, aql va istak o'rtasidagi o‘zaro qattiq kurash mahorat bilan yoritilgan. Karolina endigina o‘n sakkiz yoshga kirib, baxtini ulkan shaharda sinab ko‘rishga qaror qiladi. U har qancha halol yo‘l bilan ishlashni, mehnat bilan kun ko‘rishni xohlasa ham, oldidan chiqqan insonlarga, tasodif in‘om qilgan narsalarga doim ham qarshi turolmaydi. Hashamat va pulga o‘chligi ko‘pincha o‘zini ko‘rsataveradi. Drayzer ta‘biri bilan aytganda taqdir oldidagi xasga aylanadi. Lekin, undagi ma‘nan yuksaklik, teran tuyg‘ular, har qanday vaziyatni ilg‘ay olish, tabiat in‘om etgan iqtidor va go‘zallik uni boshqalardan ajratib turadi. U boshdan havas qilganlariga har qanday sharoitda zo‘r berib intiladi, ishtiyoq va umidi og‘ir vaziyatlarda ham saqlanib qoladi. Va kun kelib istagan dabdabasiga erishadi, ammo birdan o‘zini juda yolg‘iz, baxtsiz seza boshlaydi. U ko‘rgan shon-sharaflaridan istagan hech bir narsasini topmaydi. Mana shu hol biroz bo'lsada Martin Idennni esga tushiradigan. Lekin Kerri hali hanuz barchasi sarob, bu hayotda eng muhimi qalb xotirjamligi ekanligini anglab ulguganicha yo‘q. Bu ibora juda mos kelsa kerak: Eh, ro'yobga chiqmagan orzular! Ana shu dabdabali xayollar to o‘lim-u, chirish uning hukmini barbod aylamaguncha biz so‘qirlarni tabiat og‘ushiga qaytarmagunicha bizni kemirib, ezaveradi, o‘ziga chorlab tortaveradi. Yozuvchi Amerika hayotini, endi gurkurayotga va yashnagan shaharlarni, ularda o'tayotgan kunlarni boricha, fojiaviyligi bilan ko'rsatgan. Umuman olganda ham adib uslubida o‘zgacha tasvir, eng chuqur yerlarimizgacha jimirlatib yuboradigan so‘z qo'llash mahorati mavjud. Ancha yillar avval o‘qiganimga qaramasdan, Drayzerd ohangi quloqlatim tagida hali hanuz eshitilib turardi. Nega hozir kitobxonlar tomonidan asarga kam murojaat qilinayotganiga hayronman. Qo‘limdagi rasvo nashrni zo‘rg‘a topdim. "Toshkent"dan 2019 chiqqan. Tahrir yomonligidan tarjimon mahorati bir pul bo‘lgan desa ham bo'ladi. Chunki tarjima juda chiroyli chiqqan, til imkoniyatidan yaxshi foydalanilganligi sezilib turibdi. Hammaga o‘qishni qattiq tavsiya qilib qolaman. Yaxshiroq nashriyot qayta chop etib qolsa ham yomon bo‘lmasdi. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств