1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN
1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu sana keng nishonlab kelinadi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi,Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda hududdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarimizda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirlarda yozuvchi va shoirlar, tilshunos olim va jamoat arboblari, xorijlik o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
O‘quvchilarimiz tomonidan Qoraqalpoq tilida yangragan qo‘shiqlar, milliy kuy va raqslar, shuningdek, badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘lmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube