#xalqaro_konferensiya🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📶 Konferensiyada: ➖Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
➖Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
➖Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
➖Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.
✅ Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.
📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar (z.ganiyeva@piima.uz e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.
🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.
🔎Maqola topshirish boʻyicha
YO’RIQNOMA📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube