#matbuot_anjumani
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” yuzasidan matbuot anjumani
tashkil etildi.
Unda Agentlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan
ishlar sarhisobi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan jamoatchilikka tushunchalar berildi.
Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rahbar va mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube