#soha_qonunchiligi
⚡️TANLOVDA G‘OLIB BO‘LGAN 6-SINF O‘QUVCHILARI IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONISIZ QABUL QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
➖“Yosh tarjimonlar” klublari yo‘lga qo‘yiladi;
➖O‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida
"Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etiladi;
➖o‘quvchilarda axloqiy, ijtimoiy-emotsional va estetik didni rivojlantirish maqsadida
“San’at” (ART) fani kiritiladi;
➖o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
robototexnika asoslari o‘rgatiladi;
➖oʻquvchilar ijodiy ishlarini
onlayn platformalar orqali tijoratlashtirishga oʻrgatiladi;
➖ijodkor oʻquvchilar oʻrtasida "
Ijodiy olimpiada" oʻtkaziladi;
➖Ikkita ijod maktabida taʼlim jarayoni
xalqaro IB (International Baccalaureate) dasturi asosida yoʻlga qoʻyiladi;
➖ijod maktablarida Oliy taʻlim muassasalarining til, adabiyot va xorijiy tillari kafedralarining filiallari tashkil qilinadi;
➖Oʻqituvchilar elchixonalar tomonidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga joʻnatiladi;
➖Ijod maktablariga xorijiy oʻqituvchilar jalb qilinadi;
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi:
➖umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi;
➖ko‘rik-tanlov har yili tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida o‘tkaziladi;
➖tanlovning viloyat bosqichida sovrinli
1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish
imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube