Смотреть в Telegram
​​Nur ustiga nur Bu iborani ko‘pchilik to‘g‘ri qo‘llaydi. Lekin yanglish ishlatadiganlar ham talaygina. Balki, sizning ham qulog‘ingizga chalingandir: “Nur ustiga a’lo nur”. U asli arabcha “nur ala nur” iborasining tarjimasidir. O‘zbekchasi – nur ustiga nur, yanada yaxshi, ko‘ngildagidan ham a’lo kabi ma’nolarni anglatadi. Izohli lug‘atga ko‘ra, nur alo nur shaklida ham qo‘llash mumkin: Ixtiyor o‘zingizda, qutlayman desangiz aytib ko‘ring, xo‘p desa – nur alo nur. M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha”. ❗️ Lekin bu tarzda qo‘llash eskirgan, bugungi tilda uchramaydi. Mabodo shu shaklni ishlatish kerak bo‘lib qolsa, a’lo emas, alo deb yozing. Alo arabchada ustiga demakdir, a’lo esa – eng yuqori; buyuk ma’nolarini beradi. Eng yaxshisi, o‘zbekcha ifodaga mosi nur ustiga nurdir: Buni bilib olganim nur ustiga nur bo‘ldi. Agar yuz foiz natija ko‘rsata olsangiz, nur ustiga nur. 📌 Demak: Nur ustiga nur Nur ustiga a’lo nur, nur a’lo nur @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств