Axaltaka otlari haqida
Milliy ensiklopediyaga koʻra,
axaltaka – salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan biri. Salt minish arava qoʻshmay, yuksiz minishni anglatadi.
Bu ot zotini Janubiy Turkmanistondagi Axaltaka vohasida yashagan turkmanlarning
taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. U poygada 1000 metr masofani 1 minut 05 sekundda bosib oʻtadi.
2012-yili dunyoda 6600 ta axaltaka oti borligi
aniqlangan.
Bu ot nomi “Manas”, “Qoʻrqut ota” kabi xalq dostonlarida ham tilga olingan.
Axaltaka soʻzi
taka qavmi yashaydigan voha degan maʼnoga ega.
Taka yoki
teke turkman qabilalaridan birining nomi. Bu qavm XIX asrning boshida boshqa turkman qabilalari bilan aralashib, turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.
❗️ Axaltaka soʻzini oʻzbekchada
axaltekin yoki
axalteke shaklida yozish
uchrab turadi. Birinchisi rus tili taʼsirida boʻlsa, ikkinchisi turkmancha sababli. Lekin bu soʻz oʻzbekchada
axaltaka shaklida qoʻllanadi. Eʼtiborli manbalar, masalan, milliy ensiklopediyada soʻz ayni shaklda berilgan.
@oriftolib