Смотреть в Telegram
-ov (-yov): chiziqcha kerak emas -ov (-yov) yuklamasini yozishda xatoga koʻp yoʻl qoʻyiladi. Aslida bu muammoli yoki chalkash holat emas. Imlo qoidalarining “Chiziqcha bilan yozish” boʻlimida tartibi ochiq-oydin koʻrsatib qoʻyilgan: ❗️ -ov (-yov) yuklamasi oʻzidan oldin kelgan soʻzga qoʻshib yoziladi: koʻrganov, koʻrdiyov kabi. E, boʻtam, oʻqishga oʻqiganman, ammo bunga sakson yillarcha boʻldiyov. X. Toʻxtaboyev, “Shirin qovunlar mamlakati”. Har ikki tomonning ishini koʻrgan odam muqarrar: “Bular kim tez qazirga oʻynashganov!” deb oʻylaydi. M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”. 📌 Demak: Borganov, kelganov, boʻldiyov, qoldiyov Borgan-ov, kelgan-ov, boʻldi-yov, qoldi-yov @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств