#Tabriklaymiz Bugun 2025-yil yanvarining 2-sanasi, men uchun hurmatli inson ‒ Vladimir Vladimirovich Kuznetsov tug‘ilgan kun! _________ Сегодня, второй день нового года, день рождения уважаемого человека – Владимира Владимировича Кузнецова!
#Qutlaymiz “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali “O‘zbekko‘mir” AJ tarkibidagi muhim korxonalardan biridir. Ushbu korxona ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari, elektr uskunalarning to‘liq va joriy ta’mirlash, nostandart uskunalar hamda ehtiyot qismlar tayyorlash, shuningdek gazsimon kislorod ishlab chiqarish kabi faoliyat turlarini amalga oshirib keladi.
Ushbu filialni ko‘p yillardan buyon Marajab Tursunov muvaffaqiyatli boshqarib keladi. Bugun tajribali konchi, tashabbuskor va tashkilotchi rahbar Marajab Masharifovichning tug‘ilgan kuni. Shu munosabat bilan ustoz konchini tabriklab,unga uzoq umr, sihat-salomatlik, mas’uliyatli ishlarida doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz.
#Kumir_tarqatish Respublikamiz hududlarida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini aholiga tarqatish ishlari davom etmoqda.
Bugun, 31-dekabr kuni “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Surxondaryo viloyati filialiga qarashli mavjud 6 ta ombor va 7 ta shoxobcha orqali aholi iste’molchilariga 624 tonna ko‘mir tarqatildi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ viloyat filiali rahbari Xumoyun Po‘latovga ko‘ra, viloyatda joriy mavsum uchun aholi iste’molchilariga 55 ming 800 tonna arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu reja 16-dekabr kuniga ortig‘i bilan uddalandi va qo‘shimcha ravishda yana 2 ming tonna ko‘mir tarqatildi.
Viloyatda talab-ehtiyojdan kelib chiqib, aholini yana 5 ming tonna qo‘shicha ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda
‒ Konimizda ish hech qachon toʻxtamaydi, bayram va dam olish kunlari ham bu yerda ish smena asosida kechayu kunduz davom etadi. Maqsad - xalqimizga issiqlik va yorugʻlik ulashish, ‒ deydi "Angren koʻmir koni" filiali nozimxonasi smena boshligʻi Baxtiyor Qobilov.
Angren konining 1- va 2-boʻlimlarida kon ustki qismini ochish va koʻmir qazib olish jarayoni qizgʻin bormoqda, 16-va 54-boʻlimlarda esa tayyor mahsulot isteʼmolchilarga konveyer liniyalari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri yuklab yuborilayotir.
Konchilar smena davomida 5 ming tonna yoqilgʻi qazish topshirigʻi olishgan. Baxtiyor Qobilovning aytishicha, havo ochiq, shu bois ular bu koʻrsatkichni 10 ming tonnadan oshirish niyatida.