#Tabriklaymiz Bugun 2025-yil yanvarining 2-sanasi, men uchun hurmatli inson ‒ Vladimir Vladimirovich Kuznetsov tug‘ilgan kun! _________ Сегодня, второй день нового года, день рождения уважаемого человека – Владимира Владимировича Кузнецова!
#Qutlaymiz “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filiali “O‘zbekko‘mir” AJ tarkibidagi muhim korxonalardan biridir. Ushbu korxona ochiq kon ekskavatorlari, yuk tortish agregatlari, elektr uskunalarning to‘liq va joriy ta’mirlash, nostandart uskunalar hamda ehtiyot qismlar tayyorlash, shuningdek gazsimon kislorod ishlab chiqarish kabi faoliyat turlarini amalga oshirib keladi.
Ushbu filialni ko‘p yillardan buyon Marajab Tursunov muvaffaqiyatli boshqarib keladi. Bugun tajribali konchi, tashabbuskor va tashkilotchi rahbar Marajab Masharifovichning tug‘ilgan kuni. Shu munosabat bilan ustoz konchini tabriklab,unga uzoq umr, sihat-salomatlik, mas’uliyatli ishlarida doimo muvaffaqiyatlar tilaymiz.
#Kumir_tarqatish Respublikamiz hududlarida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini aholiga tarqatish ishlari davom etmoqda.
Bugun, 31-dekabr kuni “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Surxondaryo viloyati filialiga qarashli mavjud 6 ta ombor va 7 ta shoxobcha orqali aholi iste’molchilariga 624 tonna ko‘mir tarqatildi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ viloyat filiali rahbari Xumoyun Po‘latovga ko‘ra, viloyatda joriy mavsum uchun aholi iste’molchilariga 55 ming 800 tonna arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu reja 16-dekabr kuniga ortig‘i bilan uddalandi va qo‘shimcha ravishda yana 2 ming tonna ko‘mir tarqatildi.
Viloyatda talab-ehtiyojdan kelib chiqib, aholini yana 5 ming tonna qo‘shicha ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda
‒ Konimizda ish hech qachon toʻxtamaydi, bayram va dam olish kunlari ham bu yerda ish smena asosida kechayu kunduz davom etadi. Maqsad - xalqimizga issiqlik va yorugʻlik ulashish, ‒ deydi "Angren koʻmir koni" filiali nozimxonasi smena boshligʻi Baxtiyor Qobilov.
Angren konining 1- va 2-boʻlimlarida kon ustki qismini ochish va koʻmir qazib olish jarayoni qizgʻin bormoqda, 16-va 54-boʻlimlarda esa tayyor mahsulot isteʼmolchilarga konveyer liniyalari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri yuklab yuborilayotir.
Konchilar smena davomida 5 ming tonna yoqilgʻi qazish topshirigʻi olishgan. Baxtiyor Qobilovning aytishicha, havo ochiq, shu bois ular bu koʻrsatkichni 10 ming tonnadan oshirish niyatida.
QORAQUSHCHI MAHALLASI AHLI KOʻMIR BILAN TAʼMINLANDI
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani Qoraqushchi MFY aholisi oʻzlariga mahallaga biriktirilgan Margʻilon koʻmir omboriga murojaat qilganiga qaramay ikki oydan buyon koʻmir ololmayotgan ekan.
Bu haqida ijtimoiy tarmoqda mutasaddilarga murojaat oʻrganib chiqildi. "Koʻmir taʼminot" MCHJ Fargʻona viloyati filialidan maʼlum qilishlaricha, koʻmir mahsuloti elektron roʻyxat va mahalliy hokimliklar tomonidan mahallalar kesimida tasdiqlangan jadval asosida, hamda ombordagi mavjud zaxira imkoniyatlariga qarab berilmoqda.
Bugungi kunda Qoraqushchi MFY aholisi koʻmir bilan taʼminlangan.
Maʼlumot uchun,"Koʻmir taʼminot" MCHJ Fargʻona viloyati filiali tomonidan joriy yilda aholiga 200 ming tonna mahalliy koʻmir tarqatish rejlashtirilgan boʻlib, 30-dekabr holatiga ushbu raqam 200 ming 527 tonnani tashkil etmoqda.
"Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi
Qonunga koʻra, davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidanbelgilanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekistonda maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur maʼlumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
- maxfiylikning birinchi darajasi – "Alohida ahamiyatli";
- maxfiylikning ikkinchi darajasi – "Mutlaqo maxfiy";
- maxfiylikning uchinchi darajasi – "Maxfiy".
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.