Davlatobod tumanidagi 80 – umumta’lim maktabida o‘quvchi – yoshlarni koreys tiliga o‘qitish maqsadida “Qirol Sejong” o‘quv markazi tomonidan barcha qulayliklarga ega, zamonaviy o‘quv xonasi tashkil etildi. Loyiha bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov mazkur muassasada bo‘ldi. Rahbar maskandagi ustoz – murabbiylar va o‘g’il - qizlar bilan muloqot asnosida, ushbu sinf o‘quvchilarning xorijiy tillarni o'rganishlari borasidagi bilimlarini chuqur egallashiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov Davlatobod tumanidagi 56 – umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart – sharoit, moddiy - texnik baza, obodonlashtirish, ta’lim sifati samaradorligi masalalarini o‘rgandi. Sinf xonalarida o‘quvchi – yoshlarning darslarga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, ularning kelajak bilan bogʼliq orzulari, reja-maqsadlari xususida fikr almashildi. Shuningdek, qish mavsumida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Наманган ёшлари халқаро фан олимпиадаларида юқори натижаларга эришмоқдалар
Жорий йилнинг 18-19 январь кунлари Малайзияда математика бўйича "СЕАМО Х-2025" халқаро фан олимпиадаси бўлиб ўтди.
Унда вилоятимиз вакили - Янги Наманган тумани ихтисослашган мактабининг 5-синф ўқувчиси Ихлосбек Маҳмудиллаев ҳам фаол иштирок этиб, бронза медалини қўлга киритди.
Халқаро миқёсда ўз иқтидорини намоён этаётган ёшларимизга омад ёр бўлсин!
Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
✅ Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
➖ “24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
✅ Tadbir davomida BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.
Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.