Наманган ёшлари халқаро фан олимпиадаларида юқори натижаларга эришмоқдалар
Жорий йилнинг 18-19 январь кунлари Малайзияда математика бўйича "СЕАМО Х-2025" халқаро фан олимпиадаси бўлиб ўтди.
Унда вилоятимиз вакили - Янги Наманган тумани ихтисослашган мактабининг 5-синф ўқувчиси Ихлосбек Маҳмудиллаев ҳам фаол иштирок этиб, бронза медалини қўлга киритди.
Халқаро миқёсда ўз иқтидорини намоён этаётган ёшларимизга омад ёр бўлсин!
Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
✅ Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
➖ “24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
✅ Tadbir davomida BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.
Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari G’ulomjon Murodxo’jayev Yangiqo‘rg’on tumanida bo‘lib, 66 – umumta’lim maktabi faoliyatini o‘rgandi. Tumanda “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etilayotgan bo‘lib, mazkur maktabning 1 – qavatida joylashishi rejalashtirilmoqda. Rahbar mas’ullar bilan birgalikda muassada yaratilgan shart – sharoitlar hamda infratuzilmani ko‘zdan kechirdi. Keyingi manzil 26 – maktab bo‘lib, o‘quvchilar davomati, issiqlik bilan ta’minlanish darajasi nazorat qilindi. Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyati, ish hujjatlari bilan tanishilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati