Смотреть в Telegram
Yangi yil uchun reja tuzmang! Bugun, menimcha, deyarli hamma o'tirib yangi yildagi rejalari, 2021-yilda nima qilmoqchi, nimaga erishmoqchiligi haqida o'ylab ko'rsa kerak. Kimdir bularni batafsil yozib chiqadi, kimdir shunchaki o'ylab qo'yadi. Maslahatim, butun yil uchun reja tuzmang. Agar siz 16-25 yosh oralig'ida bo'lsangiz, sizning rejalaringiz shu darajada tez o'zgaradiki yil boshida tuzgan rejangiz yil o'rtasidayoq aktualligini yo'qotib qo'yishi mumkin. Bunga ba'zan tashqi omillar sabab bo'lsa, ba'zida shunchaki dunyoqarashingiz va maqsadlaringiz o'zgarishi sabab bo'ladi. O'zimni kuzatib shuni bildimki, odatda bizning rejalarimiz o'rtacha har 3 oyda yangilanib turar ekan. O'zingiz o'ylab ko'ring, sizning 2020-yil yanvarda tuzgan rejalaringiz mart oxiri bilan qay darajada mos keldi 😁. Hattoki 2020-yilga o'xshab o'ta noodatiy bo'lmagan yilda ham rejalaringiz o'zgarib ketishi odatiy hol. Shu sababli kelayotgan 3 oy uchun reja tuzing. Buning nima yaxshi tomonlari bor: 1. Bir yil bu katta muddat uni to'liq oldindan ko'ra olish qiyin. 3 oy esa undan ancha osonroq. 2. Bir o'tirishda 1 yil uchun 20-30 ta reja tuzish ozgina zerikarli. Sal dangasaroq bo'lsangiz, buni boshlamasdan tugatib qo'yishingiz mumkin. 3. 3 oy ichida rejalaringiz o'ta katta o'zgarishga uchramaydi. Lekin qisman bo'lsada natija qilish uchun yetarli muddat. Natijalardan xulosa qilgan holda keyingi 3 oydagi rejalaringizni osonroq tuzasiz. 4. 1 yil katta muddat bo'lgani uchun sizda "bemalolxo'ja" instinkti paydo bo'lib qoladi. Natijada birdan, hech narsa qilmaganingizni faqat bir yil o'tib tushunishingiz mumkin. Bu paytda esa katta muddat yo'qotib qo'yasiz 5. Natijalarni katta qismini amalga oshira olmay qolish sizga ruhan yomon ta'sir qiladi va keyingi yil uchun umuman reja tuzmay qo'yishingiz ham mumkin. 3 oylik rejalaringiz amalga oshmay qolsa ham, siz o'zingizda tezroq "qayta uyg'onish" rejimini yoqish imkoningiz bo'ladi. Shunday ekan, bugun o'tirib bir yilda qay darajada dunyoni o'zgartirib tashlashingiz rejasini emas, 3 oyda nima natijalarga erishib, yo'lingizning qaysi qismigacha yetib olishingiz haqida yaxshilab o'ylab ko'ring. Rejalaringizni doim yozib yurishga harakat qiling! Yangi yilni o'zingiz uchun omadli qiling! P.S: Bu safar "post script" uchun aytishga alohida gapim yo'q )) #timemanagement #musayev_blogi Musayev blogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств