Kanal ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari, davlat xizmatchilari, “mahalla yettiligi” va aholi uchun foydali manbalarni taqdim etadi.
Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal.
🟢1. Ota-ona duosi —Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.
🟢2. Ustozlar duosi — Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.
🟢3. Xulq-atvor — O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.
🟢4. Dars qoldirmaslik — Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi, Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.
🟢5.Vaqt — Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.
💪 Boshqalar uxlayotganda, sen ishla, ❗️ Boshqalar dangasalik qilayotganda, sen g‘ayratingni ko‘rsat, 🔥 Boshqalar taslim bo‘lganda, sen kurash, ✅ Boshqalar ko‘ngilxushlik qilayotganda sen maqsading sari dadil qadam bos.
Shunda boshqalar qanday qilib muvaffaqiyatga erishganingni tushunmay hayron bo‘lib turishganida, sen keyingi rejalaringni tuzayotgan bo‘lasan.
Yaponiyada kallayi saharlab mana shunday navbatlar bo‘lar ekan. Ular oshga yoki metanga navbat turishgani yo‘q. Ular kitobga navbatga turishibdi.
Bunaqa holatlar biz uchun erish tuyulishi tabiiy. Chunki biz ilm uchun vaqtimizni sarflashga erinamiz. Biroq, kallayi saharlab osh desa uyqumizdan voz kechib bo‘lsa ham boraveramiz.
— «El qatori» bo‘lmang. Odamlar o‘zini oqlayversin, siz ular kabi ish tutmang.
— O‘z hayotingiz uchun o‘zingiz javob bering. Haqiqiy intizom o‘z vaqtida harakat qilish qobilyatini talab qiladi. Zarur bo‘lmasa, shoshmagan ma’qul. Lekin vaqt yo‘qotmaslik ham zarur. Gʻoya pishib yetilgan va hissiyotlar kuchayganda harakat qilish vaqti yetgan bo‘ladi.