Kanal ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari, davlat xizmatchilari, “mahalla yettiligi” va aholi uchun foydali manbalarni taqdim etadi.
Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal.
🇺🇿 Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining Farg‘ona viloyati filiali hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Farg‘ona viloyati bo’limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Siyosiy-ma'rifat soati" viktorinasidaBuvayda tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari bo'yicha o'rinbosari Raximzoda Sherzod Elmurod o'g'li g'olib bo'lganligi uchun esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
🇺🇿Davlat xizmatchilari orasida bilimli va shijoati baland xodimlar borligi kishini ruhlantiradi.
➡️Siz ham viktorinada g’olib bo’ling va kitoblar to’plamini qo’lga kiriting.
2-BOSQICH TEST SINOVLARI BOSHLANISHIGA OZ MUDDAT QOLDI!
📚Xabaringiz borRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Fargʻona viloyat bo’limi tomonidan katta marafon loyihasi amalga oshirilmoqda.
🗓 2025-yil 12-yanvar kuni 2-bosqich test sinovlari bo'lib o'tadi.
↖️ Marafonning 2-bosqichida siz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani va Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasini o'qishingiz kerak bo'ladi.
🎁Alohida aytish mumkinki marafon doirasida turli xil viktorina va qo'shimcha tanlovlar bo'lib o'tadi. Bizni kuzatishda davom eting!
📚 Ma’naviyat va ma’rifat markazi O'zbekiston tuman bo’linmasi, tuman Oxta-Tagob mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla yettiligi vakillari ishtirokida Davlat Madhiyasi ijro etilib, kunlik ish faoliyatiga kirishildi.
🇺🇿 Ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizda har bir farzandni "bu mening farzandim, ertangi kunimning poydevori, zamini" deb tarbiya qilsak, albatta, natijaga erishamiz.
🗣“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!
Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.
✅Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan; 🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan; 🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.
Hujjatlar joriy yilning 1-martiga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali qabul qilinadi.
📚Loyiha davomida "Jadidlar izidan" nomli onlayn viktorina o'tkazildi hamda eng yuqori ball to'plagan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
⚡️ Ishtirokchilar aqliy zakovatini va salohiyatini sinovdan o'tkazish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini ham tashkillandi. Bunda eng kuchli va tezkor qatnashuvchilar g'olib bo'ldi va esdalik sovg'alariga ega chiqdilar.
🎙 Yakunda loyiha ishtirokchilari o'tkazilgan tadbir haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar. Albatta tashkillangan ushbu loyiha barcha uchun manfaatli bo'ldi.
📚 Bundan tashqari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Fargʻona viloyat bo’limi hamda Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi o’rtasida memorandum imzolandi. Bu albatta kelgusida katta loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishdagi birinchi qadam desak bo’ladi.