Jimmi Karterning dafn marosimiga kelgan mehmonlar. Tramp va Obamaning o’zaro suhbatiga Kamalaning reaksiyasi X’da faol muhokama qilinyapti. Chetdan qaraganda ularning Kamala kelganidagi reaksiyasi o'ziga xos.
Getty Images har doim premium platforma bo‘lgan shaxsan men uchun. Yaqindagina qaniydi, shu Shutterstock bilan birlashsa, deb orzu qilib yurardim. Hozir pochtamni ochib lol qoldim. Orzular ushaladi!
Kadr ortida Chetdagi bir tadbirda ruxsat etilgan, biroq ertaroq vaqtda belgilangan hududga keldim. Tashkilotchilar keyinroq kelish iltimos bilan hududni tark etishni so'rashdi. Biroq ortga qaytish va yana kelish uchun kamida 4 ta pavilyonni aylanib o'tishim talab etilardi. Tabiiyki kechikishim va ulgurmaslik ehtimolimning ko'rsatkichi yuqori. Biznikilar yetib kelishiga hali vaqt bor. Nima qilishga hayron edim. Qoidalarni ham buza olmasdim.
Shu payt umuman notanish odam kelib "qo'yinglar, qolsin, hademay boshlanadi, hechqisi yo'q", dedi. Tashkilotchilarning azbaroyi u odamni hurmat qilishi va so'zsiz ko'nishidan bu shaxsning kim ekanligi qiziq edi. Rasmiy beyji ham yo'q edi.
U odam sekin kelib: "Qiz bolani shuncha texnika bilan sarson qilishlariga chidab turolmadim. Har holda biz robot emasmiz. Fotograf bo'lish osonmas. Omad!", dediyu ketdi. Keyinroq u kishini yugur-yugur bilan yurganimda koridorlarda dunyoga mashhur siyosatchilar yonida ko'rdim. Ismini so'rab, rasmga olib, Google'llab ko'rishga vaqtim yetmagandi. Biror kun xabarlarda chiqib qolsa tanirman 🙂