Kadr ortida Chetdagi bir tadbirda ruxsat etilgan, biroq ertaroq vaqtda belgilangan hududga keldim. Tashkilotchilar keyinroq kelish iltimos bilan hududni tark etishni so'rashdi. Biroq ortga qaytish va yana kelish uchun kamida 4 ta pavilyonni aylanib o'tishim talab etilardi. Tabiiyki kechikishim va ulgurmaslik ehtimolimning ko'rsatkichi yuqori. Biznikilar yetib kelishiga hali vaqt bor. Nima qilishga hayron edim. Qoidalarni ham buza olmasdim.
Shu payt umuman notanish odam kelib "qo'yinglar, qolsin, hademay boshlanadi, hechqisi yo'q", dedi. Tashkilotchilarning azbaroyi u odamni hurmat qilishi va so'zsiz ko'nishidan bu shaxsning kim ekanligi qiziq edi. Rasmiy beyji ham yo'q edi.
U odam sekin kelib: "Qiz bolani shuncha texnika bilan sarson qilishlariga chidab turolmadim. Har holda biz robot emasmiz. Fotograf bo'lish osonmas. Omad!", dediyu ketdi. Keyinroq u kishini yugur-yugur bilan yurganimda koridorlarda dunyoga mashhur siyosatchilar yonida ko'rdim. Ismini so'rab, rasmga olib, Google'llab ko'rishga vaqtim yetmagandi. Biror kun xabarlarda chiqib qolsa tanirman 🙂
Mana bunaqalari ham bor edi. Salkam 187 000 marta ko’rilgan ekan. Hozir yangiliklar saytlarida buncha prosmotr orzu ☹️ Auditoriya bevosita kanallarning o’zida tomosha qilishni ma’qul ko’radi. Saytga o’tishga ham erinishadi.