Смотреть в Telegram
Pul - overrated Esingizda bo‘lsa, kanalda turmush o‘rtog‘im bilan oddiygina hayot kechirishimiz haqida yozgandim. (Masalan, u jamoat transportida yuradi, men esa Sparkda). Shundan keyin ko‘pchilik komment va shaxsiy xabarlarda menga tasalli berishga tushdi. To‘g‘risi, bu menga sal g‘alati tuyuldi))) Chunki MENGA BUNDAY O‘RTAHOL YASHASH TARZI MUTLAQO OK! 😅 Va bu men uchun “komfort zonasida qolib ketish” emas. Men o‘z ustimda doim ishlayman, yangi narsalarni tinimsiz o‘rganaman va sevimli ishim orqali pul topaman. Ammo katta pul ortidan quvish — bu men uchun emasligini tushunib yetganman. Men uchun muhim bo‘lmagan narsalarga vaqt va kuch sarflashni to‘xtatganman. Baxt haqidagi tushuncham o‘zgargan. Masalan, sayohatlar, yaqinlarim va do‘stlarim bilan samimiy uchrashuvlar, qizimning quvonchli kulgisi va kichik, lekin qulay uy — men uchun haqiqiy baxt shular. Men bu post bilan “pul muhim emas” demoqchi emasman. Albatta, pul qulaylik va erkinlik beradi. Lekin, afsuski, pul hamma muammoni hal qilmaydi. Shuning uchun uni overrated deb hisoblayman. Katta pul ortidan quvish ba’zan bizni butunlay bepul va chinakam qadrli bo‘lgan hayotiy quvonchlardan mahrum qilishi mumkin. Shunday xulosaga keldim. @latipovasamira
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств