Смотреть в Telegram
Maqsad qo’yish haqida Oldin negadir 1 yil ichida erishishim mumkin bo‘lgan maqsadlarni ortiqcha baholab, 3 yil ichida erisha oladigan maqsadlarimni esa kam baholab kelganman. Masalan, bir yillik rejada uy sotib olishni bemalol maqsad qilib qo’yganman. Ammo kasbni o‘zgartirish yoki ubu startup qilish umuman xayolimga kelmagan, chunki buni real maqsad ekanligiga o’zimni ishontira olmaganman. 1 yilda hammasini tubdan o’zgartirish qiyindek tuyulgan, 3 yilga maqsad qo’yishni esa o’ylamaganman. Bilaman, ko’pchilik yil oxirida o‘zini bir yil oldingi versiyasi bilan taqqoslaydi, lekin aslida 3 yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar hayratlanarliroq va sezilarliroq bo’ladi. Aytmoqchimanki, oldingizga ambitsioz katta maqsadlar qo’yishdan qo’rqmang. Ular 1 yilga emas, balki 3-5 yilga bo’lishi mumkin. Muhimi, o’sha katta maqsad sizni bugungi harakatlaringizda ilhom berishi. @latipovasamira
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств