Смотреть в Telegram
Tribute allaqachon ixtiro qilingan bo‘lsa, nimaga yangidan produkt yasadingiz?” Kecha shu savolni mendan bir nechta odam so‘radi. Negadir bizda ko‘pchilik startup asoschilari innovatsiyani faqat yangilik yaratishda deb bilishadi. Aslida esa, aksariyat muvaffaqiyatli startaplar mutlaqo yangilik emas, balki boshqa analoglarning kichik muammolarini o’zgacha hal qilishgan. Monifi-ni yararishdan oldin bitta muammoga shaxsan duch keldim. Premium akkauntga ega yoki $/€ da to‘lov qiluvchi mijozlar ulushi juda past edi. (Tribute-da donatlar soni juda kam edi). Balki shu sabab, donat yoki obuna orqali daromad olishni o‘rniga ko‘pchilik mualliflar faqat reklamaga tayanib qolgan. Xullas, kecha MVP’ni tezda ishga tushirdik va uchta xatolikni tuzatdik. Yana uchta kontent muallifini platformaga jalb qildik. Bu hali katta natija emas, ammo bu tajriba bir narsani aniq ko‘rsatadi: g‘oyani tezda sinab ko‘rish va keyingi bosqichga o‘tish kerak. Yursa - ok. Yurmasa - bu ham ok. Muhimi — iloji boricha tezroq amaliyotga o‘tib g’oyani tekshirish. #FailFast Mahsulotni ishga tushirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni yopiq kanalimda bo‘lishaman. @latipovasamira
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств