Bedarvoza bojxona va g‘oyib bo‘layotgan mashinalar – Kun.uz’da katta surishtiruv2024 yilning 16 avgust kuni soat 10:00 da Akbar Mamajonov ismli shaxs boshqa birovga tegishli Cobalt mashinasini boshqarib, “Yallama” chegara posti orqali Qozog‘istonga o‘tib ketgan. Unda mazkur mashinani boshqarish huquqi bo‘lmagan. Chegaradan o‘tkazilgach, Cobalt izsiz yo‘qolgan.
Kun.uz surishtiruvida aniqlanishicha, 50 ga yaqin ana shunday mashina bojxonachilar ko‘z o‘ngida Qozog‘istonga olib chiqib ketilgan. Surishtiruvda O‘zbekiston bojxona tizimining zaif tomoni, ya’ni hatto o‘g‘irlangan mashinalarni bojxona postlari orqali bemalol olib chiqib ketish mumkinligi haqida so‘z boradi.
📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING