7 yil yetarli, siz xohlagan hayotga erishish uchun.
Yaqinda yil sarhisobini yozgan edim, keyin o‘ylanib qoldim.
Nega aynan yilni sarhisob qilamiz. Kunni yoki oyni emas. O‘zim uchun topganim javobim, umrimiz davomida yillar miqdori oz. Oylar ko‘p, kunlar esa cheksiz ko‘rinadi.
O‘rtacha yashash yoshi 70 yosh bo‘lsa, sizda atiga 70 ta imkoniyat bor, sarhisob yozgani.
Maqsadlarga erishish uchun esa sarhisob qilinadigan yillarni 7 ta sanay oldim.
Sababi 23 yoshda mustaqil bo‘lib yetarlicha daromad topishni boshlaganingizda ham, 30 yoshgacha siz xohlagan hayotga erishishga ulgurishingiz kerak deb o‘ylayman.
Sababi 30 yoshdan keyin katta risk olishingiz, qimmat moshina xarid qilishingiz yoki yangi ish boshlashingiz katta ehtimol bilan qiyin bo‘ladi.
Shunday ekan, atiga 7 marta sarhisob yozish imkoni berilganda, eng yaxshi natijalar yozishga harakat qiling.
7 yil davomida, har yilni 2 barobar yaxshilay olsangiz, daromadingiz 7-yili boshidagiga nisbatan 64 barobar ko‘p bo‘ladi.
Ya’ni hozir yiliga 10.000$ topsangiz va har yili oldingi yildan xulosa chiqarib 2 marta yaxshiroq natija ko‘rsata olsangiz, 7-yilgi daromadingiz 640.000$ bo‘lar ekan.
Dekabr oyida odatda keyingi bir yil uchun maqsad qo'yaman va shu yilga nom belgilayman. 2024-yil esa men uchun daromad yili edi.
Yani bor fokusim karera tamonlama o'sib, ko'proq daromad qilishga qaratilgan bo'lishi kerak edi. Buni qay darajada amalga oshirganimizni post oxirirog'ida qoldirdim.
Lekin bu yil nafaqat kareramda, balki hayotimda ham esta qolarlik hotiralarga boy bo'libdi. Sababi:
💍 Bu yil uylandim – bu uchun ota onamdan minnatdorman. 🚗 To'yim kuni ukam menga mashina sovg‘a qildi. 🌍 Umrimda birinchi marta chet davlatga chiqdim va birdaniga ikki davlatga borish nasib qildi. 🏠 Nihoyat, 2 yillik qurilishni tugatib, oilamiz bilan orzu qilgan 3 qavatli uyimizga ko‘chib o‘tdiki!
💼Karyeram uchun ham juda samarali yil bo‘ldi:
- Abror Ahmedov bilan bir zapusk ozida 1 milliard sumdan oshiq sotuv qildik. - Barno Dietolog bilan deyarli budjetsiz boshlangan zapuskda 7,700 ta 47.000 sumlik tripwier kurs sotilib, dietologiya sohasida rekord natija qayd etdik. - DoniyorFX uchun noldan boshlangan blogimizda jami $100,000 lik zapusklar qildik.
Bu yutuqlarning barchasi Allohning fazli va atrofimdagi ajoyib insonlar tufayli amalga oshdi. Qo'llab turgani uchun jamoam va yaqinlarimdan cheksiz minnatdorman!
Bularni post shaklida qoldirib yana bir necha yil eslab yurishni xohladim. Kuzatishda davom eting, 2025-yil uchun rejalar katta. Ularni storislarimda bo'lishib boraman.
Ogohlantirish. Postni oxirigacha o’qish fikrlashingizga tasir qilishi mumkin. To’g’risi oxiri kunlar ijtimoiy tarmoqlarda insonlar muhokama qilayotgan mavzularni ko’rib achinyapman. Aksariyatimiz energiyamizni, vaqtimizni bizga taalluqli bo’lmagan narsalarga sarflaymiz. Oxirgi kunda rassiyalik blogerni «xайп»i shunga misol. Dofamin shu deb o’ylaymiz. Energiya bu pul. Bor energiyani daromad topishga, shaxsiy rivojlanishga sarflash o’rniga, shkafdan chiqqan mashxurlar, qimorchilarni muhokama qilishga sarflayapmiz. Aslida qanday bo’lishi kerak. Bizga nima muhimligini bilishimiz, yaqinlarimiz bizdan nima kutmoqda shuni aniqlab olishimiz kerak. Shunda katta ehtimol bilan vaqtni bekorchi narsaga sarflashni to’xtatib o’rniga rivojlanishga fokus qarata olamiz. Fokusni, energiyani to’g’ri taqsimlashimiz, ko’proq ishlarni muvofaqqiyatli amalga oshirishimiz, rivojlanib hozirgidan ko’ra ko’proq daromat topishimizga sabab bo’la oladi. Maslahatim maqsadlaringizni aniqlab olib, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatni muvozanatda ushlang, rivojlanib ko’proq daromad qilishga harakat qiling, vaqtingiz qolsa uhlang, dam oling.