View in Telegram
Bundan yilni tasavvur ham qilmagan edim... Dekabr oyida odatda keyingi bir yil uchun maqsad qo'yaman va shu yilga nom belgilayman. 2024-yil esa men uchun daromad yili edi. Yani bor fokusim karera tamonlama o'sib, ko'proq daromad qilishga qaratilgan bo'lishi kerak edi. Buni qay darajada amalga oshirganimizni post oxirirog'ida qoldirdim. Lekin bu yil nafaqat kareramda, balki hayotimda ham esta qolarlik hotiralarga boy bo'libdi. Sababi: 💍 Bu yil uylandim – bu uchun ota onamdan minnatdorman. 🚗 To'yim kuni ukam menga mashina sovg‘a qildi. 🌍 Umrimda birinchi marta chet davlatga chiqdim va birdaniga ikki davlatga borish nasib qildi. 🏠 Nihoyat, 2 yillik qurilishni tugatib, oilamiz bilan orzu qilgan 3 qavatli uyimizga ko‘chib o‘tdiki! 💼Karyeram uchun ham juda samarali yil bo‘ldi: - Abror Ahmedov bilan bir zapusk ozida 1 milliard sumdan oshiq sotuv qildik. - Barno Dietolog bilan deyarli budjetsiz boshlangan zapuskda 7,700 ta 47.000 sumlik tripwier kurs sotilib, dietologiya sohasida rekord natija qayd etdik. - DoniyorFX uchun noldan boshlangan blogimizda jami $100,000 lik zapusklar qildik. Bu yutuqlarning barchasi Allohning fazli va atrofimdagi ajoyib insonlar tufayli amalga oshdi. Qo'llab turgani uchun jamoam va yaqinlarimdan cheksiz minnatdorman! Bularni post shaklida qoldirib yana bir necha yil eslab yurishni xohladim. Kuzatishda davom eting, 2025-yil uchun rejalar katta. Ularni storislarimda bo'lishib boraman.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily