"Kitobxon talaba" loyihasida navbatdagi uchrashuvimiz Said Ahmadning mashhur trilogiyasi – "Ufq" asariga bag'ishlanadi!
Said Ahmad ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. Qahramonlarning ichki dunyosi, orzu-umidlari, quvonch va tashvishlari sizni befarq qoldirmaydi.
Trilogiyani o'qigan yoki qayta mutolaa qilgan barchani munozaralarga boy va esda qolarli uchrashuvimizga taklif etamiz! Fikrlaringiz, savollaringiz va tahlillaringiz bilan bahsni yanada qizdiring! Faol ishtirokchilarni esdalik sovg'alari kutmoqda.
🌳JIDUda “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi!
📅 2025-yil 24-yanvar kuni JIDU Eko-kutubxonasida “Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas’ul xodimlari, tutorlar va talabalar ishtirok etishdi. Suhbatni Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh. Shakirova ochib berib, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni asrab-avaylashning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritdi.
🔹 Tabiat obyektlarini muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari – Yoqubov Mirjalol va Sindorov Feruz O‘zbekistondagi milliy bog‘ va qo‘riqxonalarning tarixi, ularning tabiatni muhofaza qilishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etishdi. Shuningdek, mutaxassislar O‘zbekistonning tabiiy ob’ektlariga tashrif buyurganlarida orttirgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tabiat go‘zalligini asrashning ahamiyatini ta’kidlashdi.
🌱 Davra suhbati talabalarning ekologik mas’uliyatini oshirish, ona tabiatimizni asrab-avaylash borasida fuqarolik ongini shakllantirishga katta hissa qo‘shdi.
JIDU talabalari Toshkent Politexnika Muzeyiga tashrif buyurishdi
📅 2025-yil 23-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Talabalarning madaniy bilimlarini oshirish” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Muzeylarlarga tashrif” haftaligi doirasida Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari va 1-kurslar tyutori N. Egamberdiyev boshchiligida Toshkent Politexnika Muzeyiga tashrif uyushtirildi.
💡Tashrif davomida talabalar: 🚗Avtomobillar tarixini o‘rganishdi ⚙️Muzeydagi turli texnik innovatsiyalar va qiziqarli texnologiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi 🔍 O‘zbekistonning texnologik rivojlanishi va muhandislik yutuqlari bilan yaqindan tanishishdi.
📌 Mazkur tashrif talabalar uchun nafaqat bilim olish, balki texnik taraqqiyot va ilm-fan yutuqlari bilan tanishishning amaliy tajribasi bo‘ldi.
⚡2025-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida“Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📚JIDU Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabasiOlimxonova Muslimaxon Muzaffarxon qizi tanlovning adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Namangan viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida munosib ishtirok etdi.
🌟 Muslimaxonga muvaffaqiyat tilagan holda, uni “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” sohibasi bo‘lishiga ishonch bildiramiz!
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalar! Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 11-yanvar "Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni" munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas'ul xodimi bilan uchrashuv-semenar bo'lib o'tadi.