Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
📅 2025-yil 16-yanvar kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
👮♂️ Tadbir mehmoni – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Akmal Muratov bo‘lib, u bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, yoshlarning internetdan keng foydalanuvchi qatlam ekanligi hamda kiberxavflarga duch kelish ehtimoli yuqori ekanligi haqida batafsil ma’lumot berdi.
📌 Muhokama qilingan asosiy mavzular: Internet foydalanuvchilariga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va ularning oldini olish choralari; Yoshlarni kiberjinoyatlardan himoya qilish va onlayn xavfsizlik qoidalari; Zamonaviy kiberjinoyatlar turlari va ularga qarshi kurashish; Tarmoqda xavfsiz hamkorlikni tashkil etish masalalari.
🎥 Tadbir yakunida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir bo‘yicha videorolik namoyish etildi, bu esa talabalar uchun kiberjinoyatlar haqida yanada aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam berdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning internet muhitida xavfsiz faoliyat yuritishlari, raqamli makondagi huquqlarini bilishlari hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashda hushyorlikni oshirishga xizmat qildi.
Bizning sahifamiz:👇@jidu_5tashabbus