Смотреть в Telegram
O'zbekiston o'qituvchilari kambag'allashishda davom etayotgan bir paytda xorijiy o'qituvchilarni jalb qilish xarajatlarini oshirish ko'zda tutilmoqda O'zbekiston o'qituvchilari o'rtacha maoshlar, inflyatsiya va boshqa faktorlarni hisobga olganda kambag'allashishda davom etayotgan bir sharoitda xorijdan o'qituvchilarni jalb qilish xarajatlari 2025-yilda 25%dan oshiqroqqa - joriy yil uchun mo'ljallangan 190 mlrd so'mdan 250 mlrd so'mga oshiriladi. Shuncha mablag' evaziga xorijdan 1500 o'qituvchini jalb qilish "2025-2027 yillar Byudjetnomasi"da ko'zda tutilgan. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining o'zi forumlar-u konferensiyalarga jalb qilgan ekspertlari ham, boshqa ilmiy tadqiqotlar ham xorijdan o'qituvchilarni jalb qilishning ta'lim sifatiga ta'sirini shubha ostiga olayotgan bir sharoitda, xorijdan o'qituvchilarni jalb qilish xarajatlarining ko'paytirilishi tushunarsiz. Vazirlik shu paytgacha xorijdan o'qituvchilarni jalb qilish qay darajada o'zini oqlayotgani bo'yicha biron-bir ishonarli tadqiqot natijalarini e'lon qilgan emas.
Telegram Center
Telegram Center
Канал