Davomi
Aynan tenglik - o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"ga ajratmasdan, "seleksiya" qilmasdan, qaysidir maktablarga zo'r sharoitlar yaratib, boshqalarini oddiy hojatxonasiz sharoitlarda o'qishga
qo'yib bermasdan, hamma o'quvchilar normal sharoitlarda sifatli ta'lim olishi uchun sharoitlar yaratish - Finlyandiyaning ta'limdagi mo'jizasi asoslaridan biri ekanligi haqida oldin ham
yozgandim. Bizda esa negadir "fin tizimi" yoki "Singapur tizimi" deganda darsliklarni qaytadan chop qilish tushuniladi, ta'limda tengsizlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan
qadamlar qo'yilaveradi.
Umuman, oxirgi paytlarda, nazarimda, aksar sohalarda - shu jumladan ta'limda ham - "islohot" degani aslida yoki "tepa"ning oldida "ochko" ishlab olish uchun hech qanday ilmiy tadqiqotga asoslanmagan, "ura-ura" populistik qadamlar, yoki kim(lar)ningdir tor manfaatlari uchun "shirma" bo'lib qolgandek. Yoki ikkovi ham...