Смотреть в Telegram
2-sinfda o'qiydigan jiyanim matematika darsligidagi shu misolni yechishga qiynalayotgan ekan, yordam so'rab telefon qildi. Aytishicha, sinfdoshlaridan boshqalar ham misolni yecholmabdi. O'qituvchining tushuntirishlari esa befoyda ketgan. Keling, hissiyotga berilmasdan, aql bilan tahlil qilaylik. Matematiklar, o'qituvchilar post borasidan fikr bildirishsa, nur ustiga nur bo'lardi. Birinchidan, bu murakkablikdagi tenglama 2-sinf o'quvchilari uchun berilishi qanchalik to'g'ri? Ikkinchidan, tenglama javobi manfiy son chiqadi. Manfiy sonli tenglamalar odatda 5-6 sinflardagina topshiriq sifatida berilardi. Aksar dunyo davlatlarida shunday. Xo'sh, uni ikkinchi sinf darsliklariga tiqishtirib, ta'limda, matematikada o'sishga qarab yurish mumkinmi? O'quvchiga ta'siri qanday bo'ladi? Uchinchi savol mas'ullarga: xo'p, darsliklar tizimini monopoliya qilib olgansiz, jamoatchilik, xalqning bu borada siz qilayotgan ishlarni to'xtatishga, hisob so'rashga va hatto savol berishga kuchi yetmaydi. Lekin nega shuncha imkoniyat bilan hech bo'lmasa ishingizni toza, halol qilmaysiz? O'quvchilar darsliklarni, ulardagi topshiriqlarni tushunmay, savodsiz bo'lib o'sishidan nimani maqsad qilgansiz? Ijtimoiy tarmoqlardan. P.S. Postda vazir Hilola Umarova va vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirova ham belgilangan. Lekin vazir shu paytgacha darsliklar muammosiga biron-bir tarzda munosabat bildirganini bilmayman. Xuddiki bu muammoni vazirga aloqasi ham, qizigʻi ham yoʻqdek.
Telegram Center
Telegram Center
Канал