Смотреть в Telegram
Farg‘onadagi portlash yuzasidan ayrim fikrlarim Farg‘onadagi “zapravka”da ro‘y bergan portlash bo‘yicha davlatning reaksiyasi tushunarsiz va sovuqqon bo‘ldi, nazarimda. Aslida quyidagi chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim edi, deb o‘ylayman: 🔹bu bo‘yicha zudlik bilan komissiya (hech bo’lmasa viloyat hokimi boshchiligidagi komissiya) tuzilishi; 🔹hodisaning insoniy va boshqa talafotlari o‘rganilib, bu borada tezkorlik bilan axborot berib borilishi; 🔹halok bo‘lganlarning yaqinlariga rasman hamdardlik izhor etilib, ularga kompensatsiya ajratilishi; 🔹yong‘indan uyi, do‘koni, mashinasi zararlanganlarga ko‘rilgan zarar to‘liq qoplab berilishi; 🔹holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi doirasida aynan kimlar tergov qilinayotgani ochiqlanishi; 🔹faqatgina “zapravka”ning xo’jayinlari emas, balki odamlar gavjum, atrofi uy-joy va boshqa ijtimoiy binolar bilan to‘la bo‘lgan nuqtada “zapravka” qurishga ruxsat berganlar ham javobgarlikka tortilishi; 🔹viloyat hamda butun respublikadagi gaz “zapravka”larning joylashgan o‘rni hamda ulardagi texnik holatlar to‘liq tekshirilib, aholi yashash manziliga yaqin masofada joylashganlari boshqa hududga ko‘chirilishi va boshqalar. Shunday yo‘l tutilganida, voqea jabrlanuvchilari, qurbonlarning yaqinlari va keng jamoatchilikda yuzaga kelgan norozilik kayfiyati nisbatan bosilgan bo‘lardi-ku! Balki shu ishlar allaqachon qilinayotgan, zarur choralar ko‘rilayotgandir, lekin nega axborot berilmayapti? Agar zaruriy axborot berilganida OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari portlash bilan bog’liq ma’lumotlar yashirilayotganini emas, balki davlat tomonidan talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, jabrlanganlarning yaqinlariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak haqida gapirardi, yozardi-ku! Lekin, afsuski, unday qilinmadi. Aksincha, internet nashrlari va voqea guvohlari portlash qurbonlarining aslida ancha ko‘pligi, ularning soni kamaytirib ko‘rsatilayotgani haqida gapirmoqda. Yong’indan moliga talafot yetganlar esa zararni kim qoplaydi, degan savollari bilan yolg‘iz qolgan. Hodisa guvohining internetda yozgan izohi ko’z oldimda gavdalanib, shu fikrlarni yozdim. Uning aytishicha, portlash vaqtida yonib ketgan ayol ko‘z o‘ngida kuyib kul bo‘layotgan bolalarini qutqarishga harakat qilgan, lekin ingrab-ingrab o‘zi ham bolalar ham halok bo‘lgan. Dahshat! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств