Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdiAsosiy ma'lumotlar: 🔹“Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi Yangi Toshkentdan boshlanadi.
420 gektar maydonda
Markaziy bog‘ barpo etilib,
200 ming tup daraxt ekiladi;
🔹Buning uchun ishlar hozirdan boshlanib,
50 gektar maydonda
ko‘chatxona tashkil etilgan;
🔹Hozirda keyinchalik ko‘chirib o‘tkazish uchun
27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, issiqxona, qozonxona, ko‘chatlarni saqlash va sug‘orish tizimlari barpo etilgan;
🔹Yangi shaharda tegishli vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun
vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda;
🔹Hozirda yengil konstruksiyalardan
4 ta bino va yordamchi inshootlar barpo etilgan. Ofislar
“open space” uslubida bo‘lib, har birida
250 nafargacha xodim faoliyat yuritishi mumkin.
🔹Bu
vazirlik va idoralar ishini bosqichma-bosqich shu yerda tashkillashtirish imkonini berib, Toshkentdagi
tirbandlikni kamaytirishga ham xizmat qiladi;
🔹Yangi Toshkent shahrida
1 million aholi yashaydi;
🔹Shaharda ekologik transport tizimi tashkil etiladi.
Metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi;
🔹Transportlar qatnovi uchun
14 ta tunnel,
100 ming avtomobilga mo‘ljallangan yer osti turargohlari quriladi. Piyodalar hamda velosipedchilarning to‘siqsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun keng qulaylik yaratiladi;
🔹Shaharda zamonaviy urbanizatsiya talablari asosida “aqlli” texnologiyalar qo‘llaniladi. O‘zbekistonda ilk bor
“uch generatsiya” stansiyasi quriladi.
Oqova suvlar ham zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib,
sug‘orish va texnik maqsadlar uchun yo‘naltiriladi;
🔹Shaharga ko‘plab mahalliy va xorijiy investorlar qiziqish bildirmoqda. Xususan, birinchi bosqichda
490 million AQSH dollari qiymatidagi
11 ta ko‘p funksiyali (mix-used)
majmua, mehmonxona va restoranlar loyihalari boshlangan;
🔹Umuman, kelajakda shaharda innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli
200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi
texnoparklar, IT-park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.
Telegram |
Instagram |
Facebook |
YouTube