IT ta’lim uyushmasi hamda "Real Soft" kompaniyasi o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
Mazkur memorandum Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining "O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini takomillashtirish." loyihasining tadqiqot bosqichi loyihasi doirasida hamkorlikni ko’zda tutadi.
Xabaringiz bor, IT ta’lim uyushmasi tomonidan Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy qo‘llab-quvvatlovida
“O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini takomillashtirish” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi IT-ta’lim infratuzilmasini mustahkamlash, aholining hozirgi raqamli savodxonlik va malakasini o‘rganish, shuningdek, IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi mehnat bozorining talab va taklif tendensiyalarini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Memorandum:
🟢IT sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish uchun texnik vositalar va dasturiy ta’minotni taqdim etish;
🟢joriy tendensiyalarni chuqur tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tahliliy materiallar bilan almashish;
🟢raqamli platformalarni yaratish orqali "O‘zbekistonning raqamli landshafti: aholining AKT savodxonligi va AKT kompetentligini o‘rganishga qaratilgan.
Shuningdek, tomonlar AKT sohasida mehnat bozorida talab va taklifni tahlil qilish" sotsiologik tadqiqotini o‘tkazish: ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish uchun raqamli vositalarni ishlab chiqish va joriy etish kabi vazifalarni birgalikda hal etishga kelishib oldilar.