Bugun
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni Surxondaryo viloyatida ham katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
Xususan, bayram tantanalari Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida harbiy orkestr musiqa sadolari ostida
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni
xotirasini yod etish tadbirlari bilan boshlandi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi – Harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni
Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi va
Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
https://t.center/Surxonadabiyoti