⚡️XALQ SHOIRI IJOD MAKTABIDA
8-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi.
Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi raisi
Mehribon Abdurahmonova olib bordi.
Sirojiddin Sayyid muloqot davomida ayni paytda yurtimizda adabiyotga, ma’naviyatga berilayotgan e’tibor haqida alohida ta’kidladi.
🇺🇿Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-qaroridagi o‘quvchilarning ijodiy ishlari toʻplam sifatida
"Mening birinchi kitobim" loyihasi asosida nashr etilishi, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan ko‘rik-tanlov o‘tkazilishi, umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijodkor oʻquvchilar bazasi shakllantirilishi kabi yo’nalishlar bo‘yicha Yozuvchilar uyushmasi tomonidan belgilangan rejalar hamda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng ijodkor o‘quvchilar va kitoblari nashrga tayyor mualliflarning she’rlari tinglandi.
✅Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 200 dan ortiq kitoblar jamlanmasi ijod maktabi kutubxonasiga sovg‘a sifatida topshirildi.
Web sayt I
Telegram I
YouTube I
Instagram I
Facebook
@ikki_qalb_izdoshlari