2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-
🔤🔤🔤🔔🔔🔔🔔🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️🔠🇺🇿 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida...📝Rossiyaning “Талантливая узбекская молодежь” almanaxida ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi O‘roqboyeva Dilshodaning she’ri e’lon
qilindi.
📝Ijod maktabi direktori Xamdamova Dilafruz Baratullayevna Jizzax viloyat direktorlar kengashi raisi etib
tayinlandi.
📝Farangiz Abdusalomovaning ijodiy ishlari Ozarbayjonda nashr etilgan "O'zbekistonning iste'dodli qizlari" deb nomlangan xalqaro Antalogiyada va "JustFiction Edition" jurnalida chop
etildi.
📝Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovi
o‘tkazildi.
📝Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining "Shoir hayoti va ijodi haqida videorolik tayyorlash" yo‘nalishida Farangiz Abdusalomova gʻoliblikni qoʻlga
kiritdi.
📝Ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrinni
egalladi.
📝Ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi Odina Erkinovaning ijodiy ishi Hindistonning "The world of creators" xalqaro Antalogiyasida chop
etildi.
📝Ijod maktabining 5 nafar ijodkor o‘quvchilari “Zomin seminari”da ishtirok etishdi, esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan
taqdirlanishdi.
📝Ijod maktabi o‘quvchilarining ijodiy ishlari jamlangan “IKKI QALB IZDOSHLARI” to‘plami nashr
etildi.
📝“Ijod nashr” nashriyotida chop etilgan “Ikki qalb izdoshlari 2”, “Beshinchi fasl”, “Baxt manzili”, “Sokin bo‘ronlar” kabi to‘plamlar taqdimot doirasida mualliflarga taqdim
etildi.
📝“Quality publication” ilm-ma’rifat markazi hamda “Italiya universiteti” bilan hamkorlikdagi “Mahoratli pedagog-2024” hamda “Ilm-fan yetakchisi” xalqaro ko‘rik-tanlovida ijod maktabi Ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Alimova hamda 8-sinf o‘quvchisi Sevinch Jabborova ilmiy maqola bilan ishtirok etib, maxsus ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandi.
📝Ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Egamberdiyeva Oynisaning she'rlari Turkiyada nashr etiladigan almanaxda chop
etildi.
📝"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sportning Yengil atletika turi bo'yicha sektor va shahar bosqichi yakunlariga ko'ra, ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Ubaydullayeva Kamola faxrli 3-o'rinni qo'lga
kiritdi.
📝"Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida to'plami chop etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o'quvchisi Mohira Diniqulovaga kitob va esdalik sovg'alari
topshirildi.
📝Ijod maktabi direktori Dilafruz Xamdamova Janubiy Koreya Respublikasida hamkorlik doirasida tajriba
almashdi.
📝Ijod maktabida yil davomida jami 12 marotaba O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirish uchun mahorat darslarini tashkil
etishdi.
📝Ijod maktabining rasmiy nashri – “Ijod gulshani” ma’rifiy-badiiy, ijtimoiy jurnalining 26-27-28-soni nashrdan
chiqdi.
🌐 Web sayt I
📝 Facebook I
📝 Telegram I
🎞 YouTube
@ikki_qalb_izdoshlari