Смотреть в Telegram
🌎 3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni ❗️ Bugungi kunda dunyo miqyosida bir milliarddan ortiq nogironligi bo‘lgan insonlar yashaydi. Ularning aksariyati ta’lim olish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 🦽 Xalqaro Nogironlar kuni - bu bayram emas, balki jamiyatni inklyuziv qilish, har bir insonni teng huquq va imkoniyatlar bilan ta’minlash yo‘lida global chaqiriq kunidir. 💚 Bu kun – nogironligi bo‘lgan insonlarning hayoti, muammolari va imkoniyatlariga jiddiy e’tibor qaratish, ularga bo‘lgan ijtimoiy munosabatni qayta ko‘rib chiqish uchun muhim bir imkoniyatdir. 🇺🇿 O‘zbekiston ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar orqali nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlarini himoya qilish va ularni jamiyat hayotiga jalb etishda muhim qadamlar tashlamoqda. 🤝 Inklyuziv jamiyat qurishda har birimiz mas’ulmiz. Ushbu kunni nogironligi bo‘lgan insonlar uchun teng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi harakatlarimizga turtki sifatida qabul qilaylik. Zero, harakat – o‘zgarishning boshlanishidir! 📝 telegram    💻 instagram   📝 facebook   🐧 xcom 🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств