🌎 3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni
❗️ Bugungi kunda dunyo miqyosida bir milliarddan ortiq nogironligi bo‘lgan insonlar yashaydi. Ularning aksariyati ta’lim olish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
🦽 Xalqaro Nogironlar kuni - bu bayram emas, balki jamiyatni inklyuziv qilish, har bir insonni teng huquq va imkoniyatlar bilan ta’minlash yo‘lida global chaqiriq kunidir.
💚 Bu kun – nogironligi bo‘lgan insonlarning hayoti, muammolari va imkoniyatlariga jiddiy e’tibor qaratish, ularga bo‘lgan ijtimoiy munosabatni qayta ko‘rib chiqish uchun muhim bir imkoniyatdir.
🇺🇿 O‘zbekiston ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar orqali nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlarini himoya qilish va ularni jamiyat hayotiga jalb etishda muhim qadamlar tashlamoqda.
🤝 Inklyuziv jamiyat qurishda har birimiz mas’ulmiz. Ushbu kunni nogironligi bo‘lgan insonlar uchun teng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi harakatlarimizga turtki sifatida qabul qilaylik.
Zero, harakat – o‘zgarishning boshlanishidir!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz