🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning
oktyabr oyida
avtomobil narxlari tahlil qilindi.
✅ 2024-yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida "Lacetti",
"Damas", "Labo" narxlari
pasayishda davom etdi.
"Spark" o'rtacha narxlari biroz ko'tarilgan bo'lsa,
"Cobalt" va
"Nexia" narxlarida deyarli o'zgarish kuzatilmadi.
📉Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari. Joriy yilning
oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko'p foydalanilgan
"Lacetti",
"Damas", "Labo" avtomobillar o'rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda
1,5%,
6,3%
va
2,0%ga pasaygan bo'lsa, o‘rtacha foydalanilganlari mos ravishda
0,3%,
0,6% va
3,5%ga arzonladi. Ko'p foydalanilgan
"Spark" avtomobilining o'rtacha narxi
2,2%ga, o‘rtacha foydalanilgani
2,9 %ga oshgan bo'lsa,
"Cobalt" va
"Nexia" narxlarida sezilarli o'zgarish kuzatilmadi.
‼️Mahalliy ommabop avtomobillar uchun
oktyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:
“Lacetti”: kam foydalanilgan - $15 236
($15 452), ko‘p foydalanilgan - $13 300
($13 500);
“Damas”: kam foydalanilgan - $8 250 (
$8 300), ko‘p foydalanilgan - $7 500
($8 000);
“Spark”: o‘rtacha foydalanilgan - $10 500
(sentyabr oyida – $10 200), ko‘p foydalanilgan - $9 200
($9 000).
🚖 Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari. Joriy yilning oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan
"Equinox" narxlari sezilarli o'zgargan bo'lsa,
"Malibu" va
"Tracker" narxlari deyarli o'zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o'rtacha foydalanilgan
“Equinox”ning o‘rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda
1,5% va
6,3%ga arzonlagan bo'lsa, ko'p foydalanilgani
1,9%ga oshdi.
💸“Equinox” uchun
oktyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagicha:
kam foydalanilgan - $33 000
($33 500), o'rtacha foydalanilgan - $30 000
($32 000); ko'p foydalanilgani- $27 000 ($26 500).
🔌 Elektomobil narxlari: Joriy yilning oktyabr oyida elektromobillar narxlari sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, BYD
"Han" avtomobilining ko'p foydalanilgani o'rtacha narxi
10,2% ga, o'rtacha foydalanilgani
2,6% ga hamda yangisi
2,2% ga pasaydi. BYD Song Plus EV Chempionning o'rtacha foydalanilgani
7,5%ga, yangisi
1,2%ga arzonlashdi.
💸Elektomobillar uchun
oktyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagicha:
BYD “Han”: ko'p foydalanilgan - $31 450
($35 000), o'rtacha foydalanilgan - $37 000
($38 000);
BYD “Song Plus EV Champion”: o'rtacha foydalanilgan - $27 500
($29 750); yangi- $29 000
($29 350)✅ "Random Forest" modeli: avtomobil narxlariga ta'sir etuvchi omillar.
“Malibu” va
“Tracker”ning narxiga ularning
bosib o‘tgan masofasi yuqori darajada ta’sir etib, ishlab chiqarilgan yili katta ta'sir etmasligi aniqlandi.
🚘 Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar-“O‘rtacha foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.📎 Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng,
sentyabr oyi uchun 8,4 mingta, oktyabr oyi uchun
16,0 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi. Shuningdek, avtomobil narxlariga ta'sir etuvchi omillar "Random Forest" modeli yordamida aniqlandi.