Смотреть в Telegram
Erkalatib o‘ynatish Oddiy, deyarli harakat bo‘lmagan o‘yinlar bilan bolalarni o‘ynatsa bo‘ladi. Masalan, birga mashina o‘ynash, oyoqda tebratish, ot bo‘lish kabilar. Ammo ularning ikki qo‘lidan ushlab aylantirish yoki bir qo‘lida ko‘tarish, yerdan va o‘sha odam gavdasidan yuqoriga irg‘itish kabilar juda yomon. Chunki bunday holatlarda bolaning qo‘li chiqishi, agar yiqilsa, sinishi yoki biror joyi qattiq lat yeyishi mumkin. Shu­ning uchun ehtiyot bo‘lib, bola bilan qaltis harakat va o‘yinlar qilmagan va o‘ynamagan ma’qul. Ayniqsa, hali maktab yoshiga yetmagan, bog‘cha yoshidagi, asosan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan yuqoridagi o‘yinlarni o‘ynalmasligi kerakligini maslahat beramiz. 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств